"Lester" - "Sautgempton" uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi
Angliya liga kubogining 4-raundidan o‘rin olgan "Lester" hamda "Sautgempton" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshqa kunga qoldirildi.
Bunga 27 oktyabr kuni “tulkilar” xo‘jayini Vishay Shrivaddanaprabxning bevaqt fojea qurboni bo‘lgani sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Lester” xo‘jayini o‘tirgan vertolyot King Power stadioni avtoturargohi yaqinida qulab tushgan edi.



Fikrlar