Legionerlarimiz. Musaevsiz “Jubilo Ivata” kubokda nihoyat g‘alaba qozondi

  • 26 aprel, 2017, 22:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Yaponiya J ligasi kubogi turnirida 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning A guruhida ishtirok etayotgan Fozil Musaev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” bu turda “Tokio” klubini qabul qildi.

Tecno

Uchrashuvning 18-daqiqasidayoq, mehmonlar darvozaboni maydondan chetlatildi va “Jubilo Ivata” foydasiga penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasini Koki Ogava golga aylantirdi. Qayd etish joiz, Koki Ogava mazkur bahsda “xet-trik”ka erishdi. 10 kishi bo‘lib qolgan “Tokio” esa 1 ta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Hamyurtimiz mazkur bahsning qaydnomasiga ham kiritilmadi.

Ushbu g‘alaba “Jubilo Ivata”ning liga kubogi o‘yinlaridagi dastlabki g‘alabasi bo‘ldi. Bunga qadar o‘tkazilgan har ikkala bahsda ham jamoa raqiblarga imkoniyatni boy bergan edi.

Yaponiya J ligasi kubogi. 3-tur

“Jubilo Ivata” – “Tokio” 3:1 (2:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 11 Koki Ogava, 2:0 – 22 Koki Ogava(penaltidan), 3:0 – 62 Koki Ogava, 3:1 – 86 Kazunori Yoshimito.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!