Legionerlarimiz. Ismoilov va uning jamoasi Manuel Pellegrinining jamoasi oldida ojiz qoldi

  • 27 may, 2017, 22:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Xitoy Super ligasida 11-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Aznur Ismoilov faoliyat olib boradigan “Changchun Yatay” jamoasi safarda chililik mashxur mutaxassis Manuel Pellegrini boshliq “Xebey Chayna Forchun” bilan kuch sinashdi.

Tecno

Ismoilov maydonda to‘liq 90 daqiqa o‘ynagan mazkur bahsda “Xebey Chayna” hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi va yakunda 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Xitoy Super ligasi. 11-tur

Xebey Chayna Forchun – Changchun Yatay 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 10 Esekel Lavessi, 1:1 – 65 Tan Long, 2:1 – 90+4 Jang Chengdong.

Xebey Chayna Forchun – Yan Cheng, Jao Mingjian, Gui Xong(Dong Xuesheng 66), Jo Yun Kim(Ju Xaivei 90+2), Yin Xongbo, Esekel Lavessi, Ren Xang, Stefan M`Bia, Jiang Venyun, Jao Chengdong, Li Xang(Luo Senven 57).

Changchun Yatay – Vu Yake, Anzur Ismoilov, Odion Igalo, Sabolch Xusti(Pei Shuai 90+5), Sun Jie, Jiang Je, Fan Xiadong, Xe Chao(Li Guang 82), Jang Li(Du Jengyu 59), Tan Long, Jang Xiaofei.

Ogohlantirishlar: Ren Xang(77), Sabolch Xusti(85), Fan Xiadong(85).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!