
Legionerlarimiz. Gadoevning jamoasi safardan muhim g‘alaba bilan qaytdi
Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan K Liga-2 da 12-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Shoxrux Gadoev to‘p suradigan “Tedjon Sitizen” klubi safarda “Asan Mugunghva” mehmoni bo‘ldi.
Mazkur o‘yinda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gadoev 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng “Tedjon Sitizen”ning ochkolari soni 16 taga etdi va turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
K Liga-2. 12-tur
“Asan Mugunghva” – “Tedjon Sitizen” 0:1.
Fikrlar