
Legionerlarimiz. Afonin jamoasi kelgusi mavsum…
Bugun Rossiyada kelgusi mavsum Premer ligada o‘ynash uchun o‘tish o‘yinlari o‘tkazildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” klubi safarda Xabarovskning “SKA” klubi bilan kuch sinashdi.
Hamyurtimiz 90 daqiqa o‘ynagan mazkur o‘yinda hisob ochilmadi. Javob bahsi esa 28 may kuni Orenburgda bo‘lib o‘tadi.
Rossiya chempionati. O‘tish o‘yini. Dastlabki bellashuv
SKA Xabarovsk – Orenburg 0:0 (0:0, 0:0)
SKA Xabarovsk – Dovbnya, Udalyy, Ediev, Mikutskis, Astafev, Dimidko, Karasev (Druzin, 72), Cherevko (Pletin, 85), Kazankov, Leskano (Kobyalko, 76), Nikiforov.
Orenburg – Rudenko, Poluyaxtov, Oyevole, Sivakov, Malyx, Parnyakov, Georgiev, Afonin, Vorobev (Popovich, 84), Nexaychik (Koronov, 76),Lobjanidze (Sanaya, 76).
Ogohlantirishlar: Mikutskis (54), Malyx (61), Udalyy (74).
Fikrlar