"Latsio" Milinkovich-Savichning maoshini oshirib, u bilan kelishuvni uzaytirmoqchi

  • 19 avgust, 2018, 14:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning “Latsio” klubi o‘zining serbiyalik yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 23 yoshli futbolchi ushbu kelishuvni uzaytirsa, uning yillik maoshi 1,8 milliondan 3 million evrogacha oshadi. Bundan tashqari unga bir qator bonuslar ham va’da qilinmoqda.

La Gazetta dello Sport nashrining yozishicha rimliklarning ushbu taklifi Milinkovich-Savichni to‘liq qanoatlantirmoqda va u “Latsio”da qolishga rozi.

Eslatib o‘tish lozimki, Milinkovich-Savichga joriy yoz  «Yuventus», «Real», «Milan», «Manchester Yunayted» va PSJ kabi grandlar qiziqish bildirishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!