
Kurtua ertaga Madridga yo‘l oladi
"Qirollik klubi" rahbariyati Kurtuani payshanba kuni Madridda kutib olishni rejalashtirishmoqda. Tibo muzokaralarni yakunlab yangi shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga yo‘l oladi.
Ilgariroq, Kurtuaning ko‘chib o‘tish shartnomasiga "Real" yarim himoyachisi Mateo Kovachich ijaraga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Aytib o‘tish joizki, Kurtua Madridga ko‘chib o‘tishni xohlayotganini aytib o‘tgandi va "Chelsi" safida mashg‘ulotlar o‘tkazishdan bosh tortgan.
Fikrlar