Kun videosi: "Yuventus" futbolchilari Messining futbolkasini talashishmoqda (video)

  • 20 aprel, 2017, 14:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Barselona" va "Yuventus" jamolari bahsi bo‘lib o‘tdi. Nursiz durang bilan yakunlangan bahsdan so‘ng turinliklar dastlabki uchrashuvda qozongan g‘alabasi evaziga yarim finalga yo‘l olishdi.

Tecno

E’tiborlisi, o‘yin yakunlanishi arafasida "Yuventus"ning ikki himoyachisi Lionel Messining libosini olish uchun bir-birlari bilan tortishib ketishdi. Aniqrog‘i, Leonardo Bonuchchi o‘yin paytining o‘zidayoq Messidan uchrashuvdan so‘ng o‘zaro futbolkalarni almashtirishni so‘radi. Bu paytda argentinalik futbol afsonasining libosini Jorjo Kellini ham istayotgani bilinib qoldi va ikki "Yuventus" futbolchisi Messining futbolkasi uchun kurashga kirishdi. Yakunda bu futbolka Bonuchchiga nasib etdi.

Quyida ushbu holatga guvoh bo‘lishingiz mumkin:

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!