Kuchlar teng kelgan o‘yinda Rustam Qosimjonov kumush medal bilan kifoyalandi

CHERY AUTO

 

Tecno

Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga etdi.

Ushbu musobaqada yurtdoshimiz Rustam Qosimjonov 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamlab, 2-o‘rinni egalladi. 1-o‘rin 2716 reytingga ega bo‘lgan xitoylik grossmeyster Vey Iga nasib etdi. Ikki peshqadam so‘nggi turda o‘zaro durang o‘ynadi. Ular bir xil ochko jamg‘ardi lekin qo‘shimcha ko‘rsatkichga ko‘ra mezbon shaxmatchi oltin medalga loyiq topildi. 

Kuchli uchlikni xitoylik grossmeyster Bai Jinshi 7 ochko bilan yakunlab berdi.

Rustam Qosimjonovni medal bilan tabriklab, unga kelgusi musobaqalarda ham omad tilab qolamiz.

                                                                                                   Irodabonu AVVALBOEVA tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!