
Koreya KXDR bilan birgalikda Olimpiada-2032ni qabul qilish uchun 3.4 mlrd dollar sarflamoqchi
Koreya va KXDR bilan birgalikda 2032 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun Seul 3,42 milliard dollar sarflashi mumkin, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Seshanba kuni Seul shahrining qonunchilik bo‘yicha yig‘ilishiga Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish ham kiritilgan. Bunda musobaqa uchun sarflanadigan harajatlar hisob-kitob qilinadi.
Avvalroq, Janubiy Koreya va KXDR fevral oyida XOQga Olimpiada-2032 turnirini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha ariza topshirishini ma’lum qilgan edi. 2019 yil fevral oyi o‘rtalarida ikki Koreya davlati vakillari XOQning Lozannadagi shtab-kvartirasiga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Aynan o‘shanda ular ariza topshirishadi.
Fikrlar