Keyn Ronaldu va Lukakuni ortda qoldirib, JCh-2018 to‘purariga aylanib oldi
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn bundan biroz avval yakunlangan Panamaga (6:1) qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.
E’tiborlisi, dastlabki turda Tunisga (2:1) qarshi bahsda dubl qayd etgan 24 yoshli futbolchining gollari soni shu tariqa 5taga etdi va u hozircha JCh-2018ning to‘purarlar poygasida yakka peshqadamga aylanib oldi.
Ta’kidlash kerakki, Keyn bu borada hisobida 4tadan gol bo‘lgan Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) va Romelu Lukakularni (Belgiya) ortda qoldirishga erishdi.



Fikrlar