
Kesse "Chelsi"ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
"Milan" klubining asosiy futbolchilaridan biri hisoblangan Frank Kesse o‘ziga "Chelsi"dan qiziqishlar paydo bo‘layotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Mening shartnomam yana 5 yildan so‘ng nihoyasiga etadi va men hali hech qaerga ketmoqchi emasman. Bizda ajoyib murabbiy bor, u o‘z ishining ustasi. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Men “Milan”da baxtliman va uning yana Chempionlar ligasiga qaytishini xohlayman”, - deydi 22 yoshli ivuarlik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Kesse joriy mavsum “rossonerilar” safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar