Kazemiro jarohat olgani haqidagi xabarlarni inkor etdi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Kazemiro “Atletiko”ga qarshi bahsda jarohat olmaganini ta’kidlamoqda.
“Men maydonda bor kuchimni berdim. Bu rejaga ko‘ra amalga oshiriladigan oddiy almashtirish edi. Chunki, men hali to‘liq o‘ynashga tayyor emas edim”, - deydi Kazemiro.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kazemiro mushaklaridan jarohat olgani va La Liganing ilk turida maydonga tusha olmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar