Kaxi Maxaradze "So‘g‘diyona"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 6 yanvar, 2019, 16:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘tgan mavsum "Lokomotiv" safida Superliga chempionligini qo‘lga kiritgan mahoratli yarim himoyachi Kaxi Maxaradze yangi mavsumni ham yurtimizda o‘tkazishga juda yaqin turibdi.

SPORTS.uz'ga ma’lum bo‘lishicha 31 yoshli gruziyalik futbolchiga Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Katta ehtimol bilan Maxaradze faoliyatini aynan jizzaxliklar safida davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, Kaxi Maxaradze o‘tgan mavsum "temiryo‘lchilar" safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. U faoliyati davomida "Lokomotiv"dan tashqari shuningdek Toshkentning "Paxtakor"ida ham to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!