
Kaxi Maxaradze: Ketma-ket uchinchi marta kubokda g‘alaba qozonishni istaymiz
Ushbu uchrashuvdan oldin "Lokomotiv" futbolchisi Kaxi Maxaradze klub rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Paxtakor"ga qarshi bahs uchun tayyorgarlik yaxshi olib borildi. Bu mavsumdan kubok bahslaridagi o‘yinlar bir uchrashuvdan iborat bo‘lmoqda. Shu boisdan bugun mavsumdagi muhim uchrashuvlardan birini o‘tkazamiz va unda faqatgina g‘alaba bizni qoniqtiradi.
Ikki mavsumdan buyon O‘zbekiston kubogiga ega chiqmoqdamiz. Ushbu sovrinni ketma-ket uchinchi marta ham boshimiz uzra baland ko‘tarishga harakat qilamiz", - dedi gruziyalik futbolchi.
Fikrlar