
Karvaxal EChLda rekord o‘rnatdi
“Real Madrid” jamoasi EChL chorak final ilk o‘yinida “Yuventus” bilan bahs olib borib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Mazkur o‘yinda madridliklar a’zosi Dani Karvaxal yangi rekord o‘rnatdi. Himoyachi “Real” bilan Evropaning eng nufuzli turnirida qatorasiga 25 o‘yinda mag‘lub bo‘lmayapti.
“Real” tarkibda Karvaxal tushgan o‘yinda so‘nggi bor 2015 yilning may oyida, EChL yarim finalida “Yuventus”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Avvalroq mazkur rekord “MYu”ning ikki futbolchisi Luish Nani va Patris Evraga tegishli edi. Ular “MYu” tarkibida ketma-ket 24 ta uchrashuvda taslim bo‘lmagandi.
Fikrlar