Kanchelskis: Sulsher mavsum yakunida MYu bosh murabbiyligidan ketadi

  • 20 dekabr, 2018, 15:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Joze Mourinoning o‘rniga bosh murabbiylikka kelgan Ule-Gunnar Sulsherni “Old Trafford”da uzoq vaqt ishlamasligini aytdi.

Tecno

“Mavsum yakunida jamoada o‘zgarish bo‘ladi va boshqa murabbiy keladi. Hozir “Manchester Yunayted”dagilar chempionlik poygasidan chiqishganini sezishmoqda. Ularning oldida turgan eng asosiy vazifa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdir. Sulsher mavsum yakunigacha ishlaydi va undan so‘ng jamoaga yangi murabbiy keladi. Menimcha ular bu borada allaqachon ishlarni boshlab yuborishgan.

Sulsher – “Manchester Yunayted”ni boshqara oladigan saviyadagi murabbiy emas. Balkim u yana jamoada hujumchilar bo‘yicha murabbiy bo‘lib qolar...”, - deydi rossiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Kanchelskis ayni damda Namanganning “Navbahor” klubini boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!