
Kanchelskis Mourinoning ishdan olinishi haqida: MYudagi muhit yaxshi emas edi
"Liverpul"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng barchasi oydinlashib qolgan edi. Jamoadagi muhit yaxshi emas edi. Hozir kimnidir mavsum so‘nggiga qadar vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlash kerak. Yozda esa barchasini o‘ylab olish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi.
O‘ylashimcha, Kerrik jamoani ikki-uch o‘yinga tayyorlay oladi. Keyin esa vaqtinchalik murabbiy borasida bir qarorga kelish mumkin. Izlagunga qadar va kelishuvga qadar Kerrik eng yaxshi nomzod. Ammo mavsum so‘nggida birorta kattaroq nomlar borasida o‘ylab ko‘rish kerak.
Fikrimcha, Joze futboldan bir yoki yarim yilga dam olgani yaxshi. Bir necha yillar bunday tempda, bunday bosimda o‘ynash qiyin", - dedi Kanchelskis.
Fikrlar