
Kaka MLSning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi
MLS kasaba uyushmasi mazkur chempionatda to‘p surayotgan futbolchilar orasida eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar ro‘yhatini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, “Orlando Siti” jamoasi yarim himoyachisi Kaka MLSning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Kakaning yillik moyannasi 7,17 mln AQSh dollarini tashkil etar ekan.
Bu borada kuchli uchlikni “Toronto”ning ikki futbolchisi Sebastyan Djovinko xamda Maykl Bredlilar yakunlab berishadi. Quyida mazkur ro‘yhatning top-10 ligi bilan tanishasiz.
MLS-2017 ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari
1. Kaka (“Orlando Siti”) – 7,17 milliona AQSh Dollari
2. Sebastyan Djovinko (“Toronto”) – 7,12
3. Maykl Bredli (“Toronto”) – 6,5
4. Andrea Pirlo (“Nyu-York Siti”) – 5,9
5. David Vilya (“Nyu-York Siti”) – 5,6
6. Djovani dos Santos (“Los-Andjeles Gelaksi”) – 5,5
7. Bastian Shvaynshtayger (“Chikago Fayr”) – 5,4
8. Djozi Altidor (“Toronto”) – 4,9
9. Klint Dempsi (“Siettl Saunders”) – 3,
10. Diego Valeri (“Portlend Timbers”) – 2,6
Fikrlar