
Jerar Pike unga sariq kartochka ko‘rsatgan hakamdan shikoyat qildi
“Barselona” jaomasi himoyachisi Jerar Pike “Leganes”ga qarshi (3:0) o‘yinda hakam tomonidan ogohlantirilganiga izoh berdi.
“O‘yinni boshqargan Undiano menga uyidayoq sariq kartochka ko‘rsatib bo‘lgandi”, – dedi ispaniyalik himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, Pike o‘yinning 29-daqiqasida raqibini ushlab olgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirilgandi. Jerarning sariq kartochkalari to‘planib qolganligi bois u “Valensiya”ga qarshi 26 noyabr kungi bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar