
Jennaro Gattuzo "Yuventus"ga qarshi o‘yinda Ronalduni to‘xtatish sirini oshkor qildi
“Milan” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo “Yuventus”ga qarshi o‘yinda Krishtianu Ronalduni qanday to‘xtatish borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Ayni damda “Yuventus” va “Barselona” Evropaning eng kuchli jamoalari hisoblanadi. “Yuventus” tarkibidi juda ko‘plab chempionlar bor. Asosiysi Ronaldu. Kim uni to‘xtatadi? Bizda Frank Kesse bor. Umuman Ronalduni ushlash uchun o‘yinni tashkil qilish zarur. Ammo “Yuventus” tarkibida boshqa “xavfli” futbolchilar ham bor. Ko‘p ishlashimiz kerak, – deydi Gattuzo.
Fikrlar