
Jek Uilsher yanvarda Turkiyaga yo‘l olishi mumkin
Jek Uilsherning “Arsenal”dagi taqdiri katta so‘roq ostida qolmoqda.
Angliyalik yarim himoyachi uzoq vaqtdan beri jarohatidan forig‘ bo‘la olmayapti va “Arsenal”da asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib bo‘ldi.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Arsenal” Uilsher borasida taklif tushadigan bo‘lsa, u bilan shartnoma bekor qilishga tayyor. Ma’lum bo‘lishicha, “Fenerbaxche” yozda uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan.
Turk klubi o‘shanda 25 yoshli futbolchi uchun 12 million evro yoki ijaraga olishni rejalashtirgan edi, biroq “to‘pchilar” bilan kelisha olishmagan. Yanvarda esa “Fenerbaxche” unga 15 million evro takli qilmoqchi.
Fikrlar