JCh-2018. Rossiya ilk uchrashuvda Saudiya Arabistonini tor-mor keltirdi (foto, video)

  • 14 iyun, 2018, 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yana bir necha daqiqalardan so‘ng Moskvadagi “Lujniki” stadionida Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018ning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Quyida ushbu uchrashuv tafsilotlarini matnli, foto va video onlayn tarzda e’tiboringizga havola etib boramiz:

19:19. Rossiya terma jamoasi muxlislari o‘z suyuklilarini qo‘llab-quvvatlashmoqda.

19:23. Musobaqaning ochilish marosimi boshlanmoqda.

19:28. Saudiyalik futbolchilar stadionni ko‘zdan kechirishmoqda.

19:53. "Lujniki"da haqiqiy futbol havosi hukmron.

20:00. Nester Pitano uchrashuvga start berdi.

20:06. Hozircha har ikkala terma jamoa futbolchilari ham ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda. 

20:09. Jamoalar shunday tarkibda o‘yinni boshlashdi.

20:12. Rossiya terma jamoasi asta-sekin hujumkorlikni oshirmoqda.

20:13. Golll!!! Golovinning qanotdan oshirgan to‘pini Yuriy Gazinsky saudiyaliklar darvozasiga aniq yo‘lladi. Rossiya - Saudiya Arabistoni 1:0.

20:17. Saudiya Arabistoni terma jamoasi a’zosi o‘z jarima maydonchasida raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketdi va jarohat oldi. Shifokorlar unga yordam ko‘rsatishdi.

20:22. Arablar ham qarshi hujumda juda keskin vaziyatni yuzaga keltira olishdi. Ular ketma-ket ikki bor burchak to‘pi tepishdi. 

20:24. Rossiya terma jamoasi jiddiy yo‘qotishga uchragan bo‘lishi mumkin.  Alan Dzagoev kutilmaganda jarohat oldi. Uning o‘rniga Denis Cherishev tushirildi.

20:30. Yuriy Gazinskiy tomonidan kiritilgan golni tomosha qilingi.

20:34. Saudiyaliklar ham asta-sekin raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib kelishmoqda.

20:43. Golll!!! Zahiradan maydonga tushgan Denis Cherishev hisobni 2:0ga etkazdi.

20:48. Tanaffus!

21:05. Ikkinchi bo‘lim boshlandi.

21:06. Denis Cherishevning kiritgan golni tomosha qiling.

21:12. Rossiya terma jamoasi ikkinchi bo‘limni ham ko‘taringki ruhda boshladi.

21:16. Xavfli vaziyat...saudiyalik futbolchilar juda qulay imkoniyatni qo‘ldan boy berishdi.

21:21. O‘yin qiziqarli o‘tmoqda.

21:24. Rossiya terma jamoasida ikkinchi o‘zgarish yuz berdi. Aleksandr Samedov o‘rniga Daler Kuzyaev maydonga tushirildi.

21:29. Stanislav Cherchesov o‘zining o‘yindagi eng so‘nggi o‘zgarishini amalga oshirdi. Fyodor Smolov o‘rniga Artyom Dzyuba uchrashuvga qo‘shildi.

21:30. Goll!!! 3:0. Artyom Dzyuba maydonga tushishi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

21:39. Saudiya Arabistoni maydon markazida to‘pni o‘zida saqlashga harakat qilmoqda. Rossiya esa o‘z omadini qarshi hujumlardan izlamoqda.

21:45. Rossiya hamon hujum qilishdan to‘xtamayapti.

21:51. Golll!!! Dzyubadan super gol! Hisob 4:0.

21:54. Golll!!! Golovin jarima zarbasidan hisobni 5:0ga etkazib qo‘ydi.

21:55. O‘yin tugadi. Rossiya - Saudiya Arabistoni 5:0.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!