
JCh-2018: Bugun eng ko‘p terma jamoalar keladigan kun
Rossiya mezbonligida o‘tadigan futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalarning oqimi davom etmoqda. Ayni kunga kelib, 13 terma jamoa o‘zlariga biriktirilgan mehmonxonaga kelib bo‘lishgan.
Bugun reglamentga ko‘ra, eng ko‘p terma jamoa tashrif buyuradigan kun hisoblanadi. Unda Braziliya, Xorvatiya, Daniya, Meksika, Tunis, Nigeriya, Serbiya hamda Shveytsariya termalari turli shaharlardan qo‘nim topishi belgilab qo‘yilgan.
Fikrlar