Ivan Nagaev: Qozog‘istondagi futbol O‘zbekistonga nisbatan ko‘proq jismoniy kuchga asoslangan

  • 11 fevral, 2018, 20:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rasman! O‘zbeks hujumchisi Premer-liga klubi bilan shartnoma imzoladi
Avval xabar berib o‘tganimizdek, “Buxoro” klubining sobiq hujumchisi Ivan Nagaev Qozog‘istonning “Ordabasi” klubi bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng 29 yoshli futbolchi klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

Tecno

“Menga “Ordabasi”dan taklif tushdi va katta xursandchilik bilan uni qabul qilib, bir yillik shartnoma imzoladim. Bu erdagilar meni yaxshi qabul qilishdi va iliq kutib olishdi. Bu jamoa menga yoqdi. Boshida biroz qiyin bo‘lishi aniq. Boisi, yangi jamoa, yangi murabbiy va yangi sxemalar.

Qozoq futboli jismoniy kuchga tayangan. O‘zbek futbolida esa ko‘proq texnik futbol o‘ynaladi.

Tinimsiz shug‘ullanib, har bir o‘yinda jamoamga yordam berishni istayman.

Eshitishimcha, Chimkentlik muxlislar o‘z suyuklilarini qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zgacha ekanlar. Umid qilamanki, biz o‘z o‘yinlarimiz bilan ularni xushnud etamiz”, – deb aytib o‘tdi Nagaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!