Isroil Madrimov: "Havaskor boksda o‘sishdan to‘xtab qolgan edim"

  • 22 noyabr, 2018, 18:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

24 noyabr kuni AQShning Atlantik-Siti shahrida tashkil etiladigan navbatdagi Professional boks kechasida yurtdoshimiz Isroil Madrimov professional boksdagi debyut jangini o‘tkazishidan xabaringiz bor. Ayni kunlarda bokschimiz bo‘lajak jangga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Biz bokschimiz bilan yana bir bor bog‘lanib, oldinda kutib turgan jang va professional boksdagi mashg‘ulotlar, prof boks olami haqida qator savollar bilan murojaat qildik. 

Tecno

isroil_madrimov_am_olib_b_ldi_27_02_2018

– Professional boksda endi jang qilsangiz ham oz bo‘lsa-da havosidan bahramand bo‘ldingiz. Havaskor boks bilan solishtirganda qanday farqni sezyapsiz? 

– To‘g‘ri, hali rasman jang qilmagan bo‘lsak ham tasavvurning o‘zida katta farq sezyapman. Biz "Uzbek taygerz"da tushib yurgan janglarimiz bilan qiyoslab, taxminan shunaqa bo‘lishi haqida tasavvur bor xolos. Katta boksda raundlar ko‘p bo‘ladi. Bu esa kuchli jismoniy tayyogarlik talab etadi. 

Isroil_Madrimov_12

– Promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganingizdan keyin ilk jangingiz birdan kamar uchun bo‘lishi cho‘chitmayaptimi? 

– Albatta, bunday vaziyatda hayojon bo‘ladi. Lekin tavakkalsiz biror narsaga erishish qiyin. Mana buni tavakkal desa bo‘ladi. Shu orqali yangilik qilishga harakat qilyapman. O‘ylaymanki, bu yangilik muxlislarimizga manzur bo‘ladi. 

– Noyabrning oxirigacha ko‘plab yurtdoshlarimiz jang qilishadi. Ular birga yashayapsiz. Yigitlarda kayfiyat qanaqa? 

– Ha, haqiqatdan ham yaqin kunlar ichida bizni ketma-ket janglar kutib turibdi. Hammalari yaxshi kayfiyatda mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda. Bungacha bo‘lgan janglarida g‘alaba qozonishdi. Nasib qilsa, bundan buyog‘iga ham g‘alabali seriyalarni davom ettiramiz. 

IMG_20181122_180130

– Prof boks ma’qul kelgan bo‘lsa kerak. Hech havaskor boksga qaytmaslik haqida hayol bo‘ldimi? 

– Yo‘q, bu haqida hali o‘ylamadim. Sababi men havaskor boksda qilishim kerak bo‘lgan ishlar bor. Misol uchun, kelasi Sochida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati. Qolaversa, undan keyin Tokio Olimpiadasi oldinda kutib turibdi. Bu musobaqalarda g‘olib bo‘lishni astoydil niyat qilganman va bu maqsadimni amalga oshmaguncha prof boksga to‘laligicha o‘tib ketmayman. 

– Amerikagacha bo‘lgan Isroil Madrimov bilan hozirgi Isroilni solishtirib ko‘rsa, qanday tafovut bor?

– To‘g‘risini aytsam, havaskor boksda ozgina o‘sishdan to‘xtab qolgan edim. Bu erga kelgandan keyin yangicha uslubda jang qilish, yangi muhit va yangi texnikalarni o‘rganyapmiz. Amerikada prof boksning sir-asrorlarini biladigan murabbiylar ko‘p. Shuning uchun ham qisqa fursat ichida ancha o‘sdim, deya olaman. 

– Bo‘lajak raqib qanchalik o‘rganilmoqda?

– Qo‘ldan kelgancha o‘rganyapmiz. Ancha tajribali bokschi, boz ustiga chapaqay. Janglarini tomosha qilib, texnikasini, kuchli va ojiz tomonlarini tahlil qilib boryapmiz. 

IMG_20181122_180100

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksdagi ilk jangini meksikalik Viktor Ernandesga qarshi "WSB Intercontinental" kamarlaridan biri uchun o‘tkazadi. Ernandes shu paytgacha 12 jang o‘tkazib, 10 marta zafar quchgan (6 nokaut) va 2 bor mag‘lubiyatga uchragan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!