
Ispanlar o‘z uyida chempion bo‘lolmadi
Ispaniyaning Barselona shahrida suv polosi bo‘yicha Evropa chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqa doirasidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv erkaklar o‘rtasidagi final bellashuvi bo‘ldi.
Chempionlik uchun kechgan bellashuvda Ispaniya hamda Serbiya terma jamoalari to‘qnash kelishdi. Murosasiz kechgan bahsda havza egalari 10:12 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. 3-o‘rin uchun kechgan bahs Xorvatiya hamda Italiya terma jamoalari o‘rtasida kechib, bu qarama-qarshilikda xorvatlarning qo‘li baland keldi, 10:8.
Fikrlar