
Islom birdamlik o‘yinlari: Muattar Nabieva bronza medalini qo‘lga kiritdi
Ozarboyjoning Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdalik o‘yinlari davom etmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bahslarda hamyurtlarimiz medallar jamg‘arishni boshlab yuboirshdi.
Xususan, og‘ir atletika bo‘yicha 58 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Muattar Nabieva ikki mashq natijasiga ko‘ra, 196 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, ushbu vazn toifasida oltin medal turkiyalik Sumayya Kenliga nasib etgan bo‘lsa, kumush medalni Akchedya Jagadditxa qo‘lga kiritdi.
Fikrlar