
International Champions Cup. "Manchester Siti" "Borussiya" Dortmundga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi
Bundan biroz avval AQShning Chikago shahridagi «Soldir Fild» stadionida Xalqaro chempionlar kubogi (International Champions Cup) musobaqasi doirasida “Manchester Siti” hamda “Borussiya” Dortmund klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Qiziqarli kechgan bahs taqdirini 28-daqiqada Mario Gyottse tomonidan penaltidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
International Champions Cup
“Manchester Siti” Angliya – “Borussiya” Dortmund Germaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Chikago, «Soldir Fild»
Gol: 0:1 – 28, penalti Gettse.
“Manchester Siti” – Bravo (Xart, 46), Zinchenko, Erik Garsiya, Denayer (Xamfris, 67), Duglas Luis (Sane, 73), Foden (Garre, 73), Marez (Roberts, 73), Xarrison, Braim Dias (Dele-Bashiru, 66), Bolton, Nmecha (Zubdi, 73).
“Borussiya” D – Xitts, Zagadu (Dieckmann, 46), Toprak (Diallo, 46), Shmeltser (Filipp, 46), Bockhorn (Tolyan, 46), Rode (Serxio Gomes, 46), Gettse (Daud, 46), Pulishich (Piper, 46), Burnich (Shaxin, 46), Larsen (Sancho, 46), Isak (Volf, 46).
Ogohlantirishlar: Burnich (31), Daud (52).
Fikrlar