"Inter" MYuning tajribali himoyachisiga qiziqib qoldi

  • 2 yanvar, 2019, 14:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yangga qiziqib qoldi.

Tecno

The Mirror nashrining xabar berishicha “neradzurrilar” yozda shartnomasi yakunlanadigan 33 yoshli angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu tajribali himoyachi bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Yang joriy mavsum mankuanliklar safida jami  19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!