
"Inter" JCh-2018 finalchisini o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Shime Vrsalko tez orada "Inter" safiga ko‘chib o‘tadi.
Football Italia tarqatgan xabarga qaraganda jamoalar ushbu transfer borasida o‘zaro kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “neradzurrilar” 26 yoshli xorvatiyalik futbolchini 8 mln evro evaziga 1 yilga ijaraga olishadi. Kelishuvga ko‘ra “Inter” ijara muddati yakunlangach ushbu futbolchini 17 mln evro evaziga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Vrsalkoga Italiya A Seriyasi begona emas. Boisi u faoliyati davomida "Jenoa" hamda "Sassuolo" klublari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar