Indoneziya Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin

CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan Indoneziya endi Olimpiadaga mezbonlik qilishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Joko Vidodo XOQ prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Tecno

- Osiyo o‘yinlarida to‘plangan yuqori tajribadan so‘ng ishonchimiz komilki, biz bundan-da yirikroq musobaqalarga ham mezbonlik qilishimiz mumkin. Ishonamizki, bizda 2032 yilgi Olimpiadani o‘tkazish uchun barcha sharoitlar etarli, - deydi Vidodo o‘z nutqida.

Qayd etish lozim, 2032 yilgi Olimpiadani o‘tkazish uchun ayni paytda Hindiston, Xitoy va Avstraliya kabi mamlakatlar ham da’vogar hisoblanishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!