
Ibragimovich "Milan"ga o‘zining yakuniy qarorini aytdi
AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich "Milan"ga o‘tmaslikka qaror qildi. Bu haqda Expressen nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 37 yoshli shvetsiyalik futbolchining oilasini AQShdagi hayot to‘la qoniqtirmoqda va ular Zlatanning Evropaga qaytishiga qarshi chiqishgan. Shu bois u okean ortida qolishga qaror qilgan. O‘z navbatida "Los-Anjeles Gelaksi" klubi rahbariyati ham unga yangi shartnoma taklif qilib, maoshini oshirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich joriy mavsum "Los-Anjeles Gelaksi" safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 22ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar