
"Hokim kubogi" xalqaro turinirida bokschilarimiz birinchi bo‘ldi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida boks bo‘yicha 2000-2001 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida ilk marotaba "Hokim kubogi" xalqaro turiniri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz boks federatsiyasi va Toshkent viloyati hokimiyati tomonidan tashkil etilgan turnirda yosh bokschilarimiz bilan birgalikda Rossiya, Qozog‘iston, Malayziya, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan yosh charm qo‘lqop ustalari ishtirok etdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra umujamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi, Tojikiston va Rossiya jamoalari ikkinchi hamda uchinchi pog‘onadan joy oldi.
"Hokim kubogi" xalqaro turinirining final bahsida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
- Jo‘raev Umid (O‘zb) 3-0 Jumaev Suhrob (O‘zb) 49 kg
- Aktamov Ulug‘bek (O‘zb) 3-0 Nasriddinov Nozimjon (O‘zb) 52 kg
- Ibodullaev Amrbek (O‘zb) 1-2 Karimov Xusanjon (O‘zb) 56 kg
- Yokubov Abdurahmon (Tdj) 1-0 Ermaxanov Janbolat (O‘zb) 60 kg
- G‘aniev Sardorbek (O‘zb) 3-0 Yo‘ldoshev Jahongir (O‘zb) 64 kg
- Sa’dullaev Temurbek (O‘zb) 0-3 Boltaev Abdumalik (Tdj) 69 kg
- Madiev Zokirxo‘ja (O‘zb) 3-0 Jo‘raboev Odiljon (O‘zb) 75 kg
- Nishonboev Axrorbek (O‘zb) 3-0 Surkov Anton (Ros) 81 kg
- Ne’matov Muhammadqodir (O‘zb) 0-3 Normatov Asadbek (O‘zb) 91 kg
- Mahmudov Mirmuxsin (O‘zb) 0-3 Japarov Samandar (O‘zb) +91 kg
Fikrlar