Hamyurtlarimiz parakanoe bo‘yicha Jahon kubogidan medallar bilan qaytishmoqda

CHERY AUTO

Joriy yilning 18-20 may kunlari Vengriyaning Seget shaxrida parakanoe bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 60 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz sharafini 5 nafar sportchi himoya qildi.

Tecno

Xususan, 18 may kuni KL-2 yo‘nalishida ishtirok etgan xamyurtimiz Azizbek Abdulhabibov 42.962 natijasi bilan bronza medali sohibiga aylangan bo‘lsa, 19 may kuni ayollar o‘rtasida KL-3 yo‘nalishida o‘tkazilgan final bosqich bellashuvlarida Shaxnoza Mirzaeva barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu yo‘nalishning erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa Hayitmurod Sherqo‘ziev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston parakanoe terma jamoasi Jahon kubogidan bittadan oltin, kumush va bronza, jami uchta medal bilan qaytadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 06:20da Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!