"Geym, set, match" yoxud Bezerraning Qatardagi debyuti omadsiz chiqdi

  • 17 fevral, 2019, 00:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor"dagi ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarning olqishiga sazovor bo‘lgan braziliyalik futbolchi "Al-Xor" jamoasi safiga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

Bugun esa Qatarda 16-tur o‘yinlari davom ettirildi. Aynan Bezerra to‘p tepadigan "Al-Xor" safarda "Al-Sadd" bilan kuch sinashdi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuv mezbonlarning 6:2 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.

Bezerra esa baribir o‘zining debyut o‘yinida gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Braziliyalik forvard 92-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni biroz bo‘lsada, qisqartirishga erishdi.

Ma’lumot uchun, "Al-Xor" ortda qolgan 16 turdan so‘ng 9 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa kelgusi tur o‘z uyida "Qatar SK"ni qabul qiladi.

Qatar Yulduzlar ligasi. 16-tur

"Al-Sadd" - "Al-Xor" 6:2

Gollar: Akrof Afif (7, 10, 64), Hamid Ismoil (42), Jung Vu Yun (55), Bag‘dod Bunidja (57) - Vagner (15), Tiago Bezerra (90+2 penaltidan).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!