
Germaniya terma jamoasining 3 nafar asosiy tarkib futbolchisi ertaga Rossiyaga qarshi bahsda ishtirok etolmaydi
Germaniya terma jamoasi futbolchilari - Toni Kroos, Yulian Draksler va Marko Roys Rossiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib yuborishadi.
Unga ko‘ra Kroos ozroq xordiq chiqarishni xohlagan va bosh murabbiydan o‘zini ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritmaslikni so‘ragan. Drakslerning oilasida esa baxtsiz hodisa yuz bergan. Roysda esa kichik jarohat mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya - Rossiya uchrashuvi ertaga 15 noyabr kuni Leyptsig shahridagi "Red Bull Arena"da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.
Fikrlar