
Germaniya - Shvetsiya. Matnli onlayn translyatsiya
90+7' Final xushtagi yangradi! Germaniya termasi mo‘’jizaviy tarzda kechgan o‘yinda g‘alaba qozondi. Guruhdagi holati yaxshi emasligiga qaramasdan irodali o‘yin namoyish qildi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Kroos to‘pni qoyilmaqom tarzda darvozaga joylab qo‘ydi. U bu bilan xatolarni yuvdi. Adolatli natija. Nemislar haqiqatan ham juda ko‘p vaziyatlarni yaratdi.
90+6' Sebastian Larsson ogohlantirildi.
90+5 Kroos va Roys standartdan ishlashdi! Yakunda Kroos ajoyib zarbasi bilan to‘pni darvozaning to‘qqizligiga joylab qo‘ydi. Olsen qanchalik urinmasin, buni qaytarishning uddasidan chiqa olmadi.
90+5' GOOLLLLLLLLLL! Toni Kroosssss! 2:1...
90+4' Kroos diagonal tarzda Roysga to‘pni uzatdi, biroq "Borussiya D" futbolchisi buni o‘ziga bo‘ysundira olmadi.
90+2' Xavfli vaziyatttttt!!! Brandtning zarbasi to‘singa tegmoqda! AAAAAAA! Qanday gol bo‘lmasligi mumkin ushbu zarbaning... Germaniyayayaya?
90' Ikkinchi bo‘limga besh daqiqa qo‘shib berildi.
90' Markus Berg o‘rniga Isaak Telin maydonga tushdi.
89' Lyov himoyachi o‘rniga hujumchi tushurib, tavakkal qilmoqda. Yulian Meksikaga qarshi bahsda o‘yinni kuchaytirgan edi. Ko‘ramiz qolgan daqiqalarda nima bo‘lishini...
87' Yonas Xektor o‘rniga Yulian Brandt maydonga tushdi.
85' O‘yin tobora poyoniga etib bormoqda. Hayajonli daqiqalar boshlandi. Bunda hamma narsa bo‘lishi mumkin.
81' Qizil kartochka! Boateng Bergga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
78' Ole Tayvonen o‘rniga Jon Guidetti maydonga tushdi.
77" ShVedlarni natija qisman qanoatlantiradi va shuning uchun ular o‘yin tempini tushirishga harakat qilmoqda.
74' Viktor Klasson o‘rniga Jimmi Durmaz maydonga tushdi.
73' Berg havodagi kurashda ustun kelib, Forsbergni to‘p bilan ta’minladi. Uning 18 metrlardan bergan zarbasini Noyer bartaraf etdi.
71' Emil Forsberg Boatng tomonidan tashkil qilinayotgan tezkor qarshi hujumni qo‘pollik bilan buzdi va ogohlantirildi.
67' Xektorning qanotdan uyushtirgan hujumi o‘xshamadi, biroq Bundestim hujum qilishda tinmayotir...
63' Kroosning burchakdan kiritgan to‘pini shvedlar qaytarishdi, ammo Noyer tezda uni o‘yinga qaytardi. Lyov shogirdlari shoshayotganliklari yaqqol sezilmoqda.
60' Bundestim hamon shvedlar darvozas oldida! hozir Kroos jarima maydonidan zarba berdi, ammo uni yopishga ulgurishdi!
54' Lyov shogirdlariga tanaffusda etarlicha ko‘rsatma bergan ko‘rinadi, shvedlar shu vaqtgacha birorta hujum uyushtira olmadi.
52' Ekdal yaqqol Myullerga eta olmay qo‘pollik ishlatishga majbur bo‘ldi... va ogohlantirildi
48' Gooooool! Mana sizga Roys! Verner o‘ng qanotdan keldi va markazda Marko bergan zarba darvozadan joy oldi!
46' Draksler o‘rniga Gomes maydonga tushdi. Germaniya ikki nafar hujumchi bilan harakat qiladi
46' Ikkinchi bo‘limga start beridi
45' Tanaffus!
45' Fantastik seyv Noyerdan. Berg uzoq burchakni aniq nishonga olgna edi
43' Shvedlarning navbatdagi qarshi hujumi nemislarga qimmatga tushishi mumkin edi.
39' Gyundoganning olis masofadan bergan zarbasi ajoyib chiqdi, ammo Olsen ustun keldi keyin Lyustig Myuller bilan kurashda to‘pni bermadi.
35' Nemislarda xatolik yuz bermoqda. Bu ulraning muxlislari uchun "dahshatli" bo‘lib turibdi.
32' Gooool! Kroos maydon markazida to‘pni yo‘qotdi. Tezkor qarshi hujum Toyvonenning Noyer darvozasini ishg‘ol qilinishiga olib keldi. Shvedlar oldinda!
30' Tamom. Qon to‘xtamadi. Endi uning o‘rniga o‘yinni Ilkay Gyundogan davom ettiradi...
27' Shifokorlar Rudining chiqayotgan qonni to‘xtatishga harakat qilmoqda. Shvedlar bundan foydalanib, bitta bo‘lsa ham hujum uyushtirishga harakat qilmoqda.
25' Qo‘pollik, Rudi burniga raqib butsasi bilan zarba berdi, jarohat jiddiy...
24' Kroos amalga oshirgan burchak zarbasini bo‘ydor shvedlar osonlik bilan bartaraf etishdi. Havoda ularga bas kelish ancha qiyin kechmoqda.
22' Nemislar to‘pni u qanotdan bu qanotga oshirib, raqib jarima maydoniga yo‘l qidirmoqda, ammo Draksler, Myuller va Roys to‘pni Vernerga etkaza olmayotir...
19' To‘pga egalik qilish bo‘yicha yaqqol ustunlik nemislarda. 88x12. Barchasi tushunarli...
16' Roys o‘ng qanotdan jarima maydonida Myullerga to‘p oshirdi, ammo Ekdal unga ro‘baro‘ kelib, to‘pni olib qo‘ydi.
14' Germaniya termasi mashinaga o‘xshamayapti. Barcha futbolchilar o‘z yo‘lida. Hujum qovushmayapti, himoyada esa biroz betartiblik. Bu qimmatga tushishi mumkin.
12' Ana xolos! Shvetsiya o‘ziga kelmoqda. NOYER jamoasi joniga oro kirdi. Sal qolsa, shvedlar hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi.
5' Nemislar ancha faol. Kimmix chap qanotdan jarimaga kirib keldi. Roys zarba berishga harakat qildi, keyin Verner unga qo‘shildi, biroq hozircha natija yo‘q.
3' O‘yindagi ilk golga tortadigan vaziyat. Verner himoyachini ortda qoldirib, Drakslerga uzatdi, u Xektorga... Biroq Lyustig darvoza liniyasida to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
1' O‘yin boshlandi.
Qadrli futbol ixlosmandlari. Rossiya yashil maydonlari mezbonlik qilayotgan mundial o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. "F" guruhida ikkinchi tur ikkinchi uchrashuvida Germaniya termasi Shvetsiya qarshiligi engishga harakat qiladi.
Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari bilan tanishing:
Germaniya: Noyer, Boateng, Ryudiger, Kimmix, Xektor, Rudi, Kroos, Draksler, Roys, Myuller, Verner.
Shvetsiya: Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Larsson, Ekdal, Forsberg, Toyvonen, Berg.
O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.
Biroz avval yakuniga etgan uchrashuvda Meksika terma jamoasi Janubiy Koreya termasini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini ancha yaxshilab oldi.
Fikrlar