
Galiulinning yangi jamoasi eski jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Kecha Rossiya premer-ligasining 22-turida hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p surayotgan Sankt-Peterburgning “Tosno” klubi o‘z maydonida Qozonning “Rubin” klubini qabul qildi.
Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik futbolchi o‘z o‘rnini 80-daqiqada Rikardinoga bo‘shatib berdi. O‘yin esa 0:1 hisobida qozonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ta’kidlash lozimki, Galiulin o‘z vaqtida “Rubin” sharafini himoya qilgan.
“Tosno” – “Rubin” 0:1 (0:0, 0:1)
10 mart «Start»
Gol: 0:1 – 75 Podberezkin.
“Tosno” – Oparin, Margasov, Buyvolov, Dugalich, Chernov, Poletanovich, Galiulin (Rikardino, 80), Jigulev (Melkadze, 80), Nunu Rosha, Mirzov (Makarov, 74), Pogrebnyak.
“Rubin” – Djanaev, Enake, Kambolov, Navas, Granat, Kudryashov, Mogilevets, Noboa, Podberezkin, Jemaletdinov (Axmetov, 64; Sorokin, 88), Popov.
Ogohlantirishlar: Enake (18), Granat (89).
Fikrlar