
Galiulinning "Tosno"si Rossiya kubogi finalini nominal mezbon sifatida o‘tkazadi
Xabaringiz bor kecha Rossiya kubogi yarim final uchrashuvida hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradigan “Tosno” klubi mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan “Spartak” bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning asosiy bo‘limi 1:1 hisobida yakunlangach g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi va unda omad “Tosno”ga kulib boqdi.
Shu tariqa Galiulin jamoasi kubok finalida quyi divizion vakili hisoblangan “Avangard” klubiga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Bugun o‘tkazilgan qur’a natijalaridan so‘ng ma’lum bo‘ldiki “Tosno” ushbu finalni nominal mezbon sifatida o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Rossiya kubogining bu yilgi final uchrashuvi 9 may kuni Volgograd shahridagi “Volgograd Arena”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar