"GLORY" bilan shartnoma imzolagan yakkakurashchimiz jahon chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiyaning Qozon shahrida TNA qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan TATNEFT kubogi bellashuvlarining 80 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik kikboksing ustasi Sher Mamazulunov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
“Grand Prix TNA” turnirining ikkinchi final jangida hamyurtimiz Sher Mamazulunov Dmitriy Menshikov bilan kuch sinashdi. 4 raund etib belgilangan mazkur qarama-qarshilikda Sher hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
O‘tgan yili kikboksing bo‘yicha lou-kik (WAKO)da jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Mamazulunov "GLORY" bilan shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun: TNA qoidalari bo‘yicha TATNEFT kubogi – aralash yakkakurash jang san’ati: kiokushinkay, muay tay va kikboksing. Turnirda sportchilar piramida tizimida qo‘yib chiqaladi. Unda 48 sportchi uch vazn - 70, 80 kg va +80 kg toifalari ringga chiqishadi. Jang mavsumida - 1/8 final, 1/4 final, yarimfinal va final bo‘ladi. G‘olib TNAning asosiy mukofoti –chempionlik kamari, neft vishkasi ko‘rinishidagi kubok va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Buning uchun jangchilar barcha to‘rt bosqichda g‘alaba qozonishi shart. Janglarda nokdaun yoki nokaut qayd etilishi mumkin. Shuningdek, to‘rtinchi qo‘shimcha raund orqali ham aniqlashini mumkin.



Fikrlar