Fyuri Yangi Zelandiyada chempionlik kamarlarini oilasiga qaytarishga harakat qiladi

  • 5 fevral, 2017, 16:11
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO


Yangi zelandiyalik og‘ir vaznli bokschi Jozef Parker (22-0, 18 KO) promouterlik kompaniyasi DUCO Events Group ushbu vaznda WBO versiyasti bo‘yicha bo‘ladigan titul jangi huquqini yutib oldi.

Tecno

Promouterlik savdolari vaqtida u britaniyalik bokschi Xyui Fyuri (20-0, 10 KO) jamoasidan ustun keldi. Endi bu bokschilar o‘rtasidagi jangdan tushadigan mablag‘ 60/40 ko‘rinishida bo‘linadi.

Jang 1 aprel kuni Yangi Zelandiyadagi gala-shou arafasida o‘tkaziladi.

Jozef Parker uchun Xyui Fyuri bilan bo‘ladigan jang birinchi himoya jang hisoblanadi. U o‘tgan yili dekabrda Endi Ruisga qarshi jangda qo‘lga kiritgan. Britaniyalik Xyui Fyuri esa ushbu titulga asosiy da’vogar sifatida ringga ko‘tariladi va chempionlik titullarini oilasiga qaytarishga harakat qiladi.

jozef_parker

Eslatib o‘tamiz, ushbu kamarga oldinroq Xyuining amakisi Tayson Fyuri egalik qilib kelayotgan edi, biroq u bu titullardan voz kechgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!