Futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Tojikistonga qarshi o‘ynaydi

CHERY AUTO

 

Tecno

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 27–28 yanvar kunlari Tojikiston U-20 termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.  Mazkur bellashuvlar 2017 yilning 9–21 may kunlari Tailandda, tarixda ilk marotaba o‘tkaziladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston termasidan tashqari futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a’zo 21 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasiga ham ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez bosh murabbiylik qilmoqda. Mendez U-20 terma jamoasiga nomzod sifatida 17 nafar futzalchini mashg‘ulotlarga jalb qilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!