"Fulxem" qishda Bakayokoni ijaraga olmoqchi

  • 8 noyabr, 2018, 22:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Fulxem" klubi hamshahari "Chelsi" xavbeki Temue Bakayokoning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra APL vakili 24 yoshli frantsiyalik futbolchini qishki transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ular Bakayokoni mavsum yakuniga qadar ijaraga olishni rejalashtirishmoqda.

Biroq, buning uchun  dastlab Bakayokoni yozda bir mavsumga ijaraga olgan “Milan” uni qishda “Chelsi”ga qaytarishi kerak. Bundan avval berilgan xabarlarda “rossonerilar”ga ushbu futbolchi ma’qul kelmagani va tez orada uni “Stemford Brij”ga qaytarib yuborishlari haqida ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Bakayoko joriy mavsum “Milan” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!