
"Fulxem" bosh murabbiyiga so‘nggi imkoniyat beriladi
"Fulxem" klubi bosh murabbiyi Slavish Yokanovich yaqin vaqtlar orasida o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, jamoa ayni damda APLning o‘tgan 9ta turidan so‘ng hammadan ko‘p gol o‘tkazib (25ta), xavfli zonada bormoqda. Vaholangki, “Fulxem” yozgi transferlar davrida yangi futbolchilar sotib olish uchun 109 million evro sarflagan edi. Ular bu ko‘rsatgich borasida premer-liga klublari orasida 3-o‘rinni qayd etishgan edi.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoa rahbariyati Yokanovichga vaziyatni o‘nglash uchun yana 2ta o‘yin imkon bermoqchi. Agar shunda ham ijobiy natijalar qayd etilmasa ushbu mutaxassis o‘z lavozimidan ozod etiladi.
Eslatib o‘tamiz, "Fulxem"ning bo‘lajak 2ta raqibi "Bornmut" va "Xaddersfild" hisoblanadi.
Fikrlar