
Frantsiya terma jamoasi bugun "Spartak"ga qarshi maydonga tushadi
Xabaringiz bor, kecha JCh-2018 guruh bosqichi doirasida Frantsiya Avstraliya terma jamoasini 2:1 hisobi bilan mag‘lub etdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda birinchi daqiqalardanoq ishtirok etolmagan futbolchilar bugun maydonga tushishadi.
Frantsiyaliklar Moskva viloyatining Istra tumanida "Spartak" klubining yoshlar (U-19) jamoasiga qarshi to‘p tepishadi. Bahsga Toshkent vaqti bilan 18:30 start beriladi.
Ma’lumot uchun, Islandiyaga qarshi bellashuvda asosiy tarkibda tushmagan futbolchilar bilan quyida tanishishingiz mumkin: Stiv Mandanda, Alfons Areolya, Prenel Kimpembe, Adil Rami, Djibril Sidibe, Benjamen Mendi, Stiven NZonzi, Nabil Fekir (70-daqiqada maydonga tushdi), Blez Matyuidi 78-daqiqa), Olive Jiru (70-daqiqa), Toma Lemar i Florian Toven.
Fikrlar