Frantsiya. Denisovning ustozi kuzatgan o‘yinda Balotelli gol kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirdi

  • 17 dekabr, 2017, 23:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Frantsiya chempionatida 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. “Nant” o‘z maydonida “Anjer”ni qabul qildi va uchrashuvning 24-daqiqasida Emiliano Sala tomonidan penaltidan kiritilgan yagona Klaudio Raneri jamoasiga 3 ochko keltirdi.

Tecno

“Nitstsa” esa “Bordo”ni mehmon qildi. Mazkur qarama-qarshilikning 36-daqiqasida Mario Balotellining kiritgan goli Lyusen Favr shogirdlarining g‘alabasi uchun etarli bo‘ldi.

Qayd etish joiz, ushbu o‘yinni hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suradigan “Lokomotiv Moskva” klubi bosh murabbiyi – Yuriy Syomin bevositda stadiondan turib kuzatdi.

Qayd etish joiz, “temiryo‘lchilar” Evropa Ligasi 1/16 finalida aynan “Nitstsa”ga qarshi bahs olib borishadi.

Frantsiya chempionati. 18-tur

Nant – Anjer 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 24, penalti Sala.

Nant – Teterushanu, Dyubua (Ronje, 81), Diego Karlos, Pallua, Lukas Lima, Iloki (Avazem, 76), Andrey Jirotto, Ture, Bammu, Ngom (Tomasson, 68), Sala.

Anjer – Letele, Bamba (Ketkeofomfon, 85), Traore, Pavlovich, Andre, Toma (Sunu, 73), Te (Pyuyo, 66), Kapel, Fyuljeni, Krivelli, Toko-Ekambi.

Ogohlantirishlar: Toma (9), Andrey Jirotto (13), Te (24), Bammu (45), Krivelli (63).

Chetlatish: Bammu (65).


Nitstsa – Bordo 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 36 Balotelli.

Nitstsa – Benites, Dante, Le Marshan, Suke, Sarr, Le-Melu, Tamez, Seri, Sent-Maksimen (Byurne, 85), Plea, Balotelli.

Bordo – Prior, Yovanovich, Pellenar (Malkom, 62), Sabali, Pundje, Lerager, Otavio, Plashil (Sankare, 70), Tulalan, Kamano (Jonatan Kafu, 76), de Previl.

Ogohlantirishlar: Balotelli (42), Pundje (80), Yovanovich (82).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!