Falkao yana "Atletiko"ga qaytishi mumkinligiga sha’ma qildi

  • 29 noyabr, 2018, 23:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Monako" klubi forvardi Radamel Falkao yana "Atletiko"ga qaytish niyati borligiga sha’ma qildi.

“Kelajakda sizni nimalar kutayotganini bilmaysiz. “Atletiko” hamisha yuragimda.

Hozircha “Monako” bilan shartnomam yakunlangach nimalar bo‘lishini bilmayman. Sobiq jamoamga qarshi o‘ynaganimda esa hamisha g‘alati tuyg‘ularni his qilaman”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Falkao “Atletiko” safida 2011-2013 yillarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!