Fakt: “So‘g‘diyona” uch o‘yindan beri Jizzaxda “Qizilqum”ni enga olmay keladi

  • 12 sentabr, 2018, 14:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"So‘g‘diyona" matbuot xizmati jamoalarning Jizzaxdagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar tarixini havola etdi.

Tecno

Ushbu mavsumda

Birinchi davra 4-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida Qizilqumni qabul qilgan edi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Unda Elguja Grigalashvili 46, 85, 87 - daqiqalarda jizzaxliklar darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Sardor Azimov 89-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Pepsi Superliga 15-turida "So‘g‘diyona" Navoiyda raqiblarga qarshi bahs olib borgandi va 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Gollarga Elguja Grigalashvili (48), Nemanya Yovanovich (76) mualliflik qilishdi.

Hakamlar

“So‘g‘diyona” - “Qizilqum” o‘yinini Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Olim Abduvosilovlar yordam beradi. Zaxiradagi hakam Ishaq Ibragimov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Baxodir Mirzaev


O‘zaro o‘yinlar

“So‘g‘diyona” hamda “Qizilqum” klublari oliy ligada shu kungacha 30 bor kuch sinashishgan.“So‘g‘diyona” hisobida 7 ta, “Qizilqum” hisobida 16 ta g‘alaba mavjud. 7 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik navoiyliklar tomonida: 26:41 “So‘g‘diyona” o‘zaro o‘yinlarda 28 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Qizilqum” 55 ochkoni qo‘lga qiritgan.


“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan so‘nggi 5 ta uchrashuv :

07.11.2014 «So‘g‘diyona» - «Qizilqum» 1:0
02.08.2015 «So‘g‘diyona» - «Qizilqum» 4:1
01.07.2016 «So‘g‘diyona» - «Qizilqum» 1:1
16.09.2017 «So‘g‘diyona» - «Qizilqum» 1:1
29.03.2018 «So‘g‘diyona» - «Qizilqum» 1:3

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 15 ta o‘yindan 7 tasida “So‘g‘diyona”, 5 tasida “Qizilqum” g‘alaba qozongan. 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan.

O‘yin vaqti va joyi

Yoshlar ligasi bahsi 12 sentyabr kuni soat 16:30 da “So‘g‘diyona” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 13 sentyabr kuni soat 20:00 da “So‘g‘diyona” stadionida bo‘lib o‘tadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!