FIFA “Liverpul”ga futbolchisini qaytarib berdi

  • 21 yanvar, 2017, 15:30
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol tashkiloti – FIFA Angliyaning “Liverpul” klubi himoyachisi Joel Matipga mersisaydliklar safida o‘ynashiga ruhsat berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Avvalroq Matip va Kamerunning yana 6ta futbolchisi terma jamoasi safida Afrika millatlar kubogida ishtirok etishdan bosh tortishgan edi. Kamerun futbol federatsiyasi esa bunga javoban o‘sha futbolchilarni klublari safida maydonga tushirmaslik bo‘yicha FIFAga shikoyat qilgan edi. Biroq, FIFA bu arizani rad etdi va futbolchilarni o‘z klublarida o‘ynashlariga ruhsat berdi.

Eslatb o‘tamiz, ayni damda Qora qit’aning eng nufuzli musobaqasi Gabon mamlakatida bo‘lib o‘tmoqda. Turnir 5 fevralga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!